Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazi tashkil etildi
Markaz O‘zbekiston sportchilarini olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorlashga ko‘maklashuvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazi tashkil etildi.
Qarorda belgilanishicha, Markaz O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorlashga ko‘maklashuvchi, ularning sport mahoratini oshirish va jismoniy holatini qayta tiklash ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy hamda ilmiy-uslubiy kuzatib borish faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining musobaqa va mashg‘ulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
sportning tegishli turi bo‘yicha respublika sport federatsiya (uyushma)lari sportchilarining xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek, zarur psixologik korreksiyasini ta'minlash;
respublika sport terma jamoalari sportchilarining mashg‘ulot yuklamalarini tahlil qilish, kutilayotgan sport natijalariga erishishga qaratilgan sport tayyorgarligini rejalashtirish va dasturlash; sport terma jamoalari a'zolarini sport musobaqalariga, xususan olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish amaliyotiga mashq va musobaqalar samaradorligi hamda sportchilarda sport mahoratining o‘sishiga xizmat qiluvchi zamonaviy innovatsiya texnologiyalari va uslublarini joriy etish;
sport tayyorgarligi davomida sportchilarning funksional holatini uzluksiz monitoring qilish hamda sport musobaqalarida ishtirok etish natijalarini jamoaviy va shaxsiy jihatdan baholash tizimini yaratish bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish;
sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini va ularning jismoniy tayyorgarligini o‘rganish, sport sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
sport sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish.
MOQ
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

21:32 / 06.02.2023
Turkiyadagi o‘zbekistonlik sportchilar holati bo‘yicha ma’lumot berildi

21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi

09:26 / 20.07.2021
Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston delegatsiyasi Tokioga yo‘l oldi

15:23 / 19.07.2021