Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tashkilotlarning milliy valutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi e'lon qilindi
Davlat tashkilotlarning milliy valutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi

Foto: Shutterstock
“Davlat tashkilotlarning milliy valutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan davlat tashkilotlari tomonidan milliy valutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlanadi.
Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Milliy banklararo protsessing markazi” (HUMO) MChJ hamda tijorat banklari bilan birgalikda davlat tashkilotlarni xizmat yengil avtotransporti bo‘yicha har bir avtotransportiga bir donadan yoqilg‘i bank kartalari bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.
Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda yoqilg‘i bank kartalarini faqat yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lov tizimlari ishlashi va avtomatlashtirilgan tizimni Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari bilan davlat tashkilotlarini UZASBO dasturi bilan o‘zaro integratsiya qilish va hisobotlar yuritish tizimini elektronlashtirish choralarini ko‘radi.
Yoqilg‘i bank kartalari faqat davlat tashkilotlari tashkilotlarning xizmat avtotransportlariga O‘zbekiston hududida benzin, dizel, suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isini yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan sotib olish uchun foydalaniladi.
Nizomga ko‘ra, yoqilg‘i bank kartalarining emissiyasi «Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O‘zbekistonda muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq olib boriladi. Yoqilg‘i bank kartasining old tomonida bank kartasining majburiy rekvizitlari sifatida yuridik shaxsning rasmiy nomi va maxsus raqami ko‘rsatilishi lozim.
Karta hisobvarag‘ini to‘ldirish karta hisobvarag‘ini ochgan davlat tashkilotining to‘lov topshiriqnomasiga asosan har bir avtotransport vositasiga belgilangan limitlar doirasida hamda tasdiqlangan yillik budjet yoki budjetdan tashqari smeta xarajatlarida ko‘rsatilgan yoqilg‘i mablag‘lari tegishli hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Yoqilg‘i bank kartalaridan foydalangan holdagi hisob-kitoblar faqat davlat tashkilotlar va xo‘jalik sub'yektlarining xizmat yengil avtotransportlariga O‘zbekiston hududida benzin, dizel, suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isini yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan sotib olish uchun foydalaniladi.
Yoqilg‘i bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag‘lari yoqilg‘i bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qat'iy tarzda yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan yoqilg‘i quyish maqsadida ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Yoqilg‘i bank kartasining saqlovchisi uni hisobdorlikka olgan kundan boshlab har oyning 5 sanasigacha yoqilg‘i bank kartalari vositasida ishlatilgan summalar to‘g‘risida davlat tashkiloti va xo‘jalik sub'yektlarining buxgalteriyasiga hisobot taqdim etib borishi shart.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xizmat avtomashinasining yoqilg‘i xarajatlarni to‘lash uchun yoqilg‘i bank kartasidan foydalanganda, yoqilg‘i bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin qonunda belgilangan muddatda yoqilg‘i bank kartasi vositasida sarflangan summalar to‘g‘risida buxgalteriyaga hisobot taqdim etishi shart.
Bunda, olingan to‘lov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari va qonun hujjatlarida belgilangan tegishli rekvizitlarga ega bo‘lgan boshqa hujjatlar davlat tashkiloti buxgalteriyasi uchun hisobot hujjatlari hisoblanadi.
Yoqilg‘i bank kartasiga yoqilg‘idan boshqa maqsadlar uchun mablag‘lar o‘tkazishga, shuningdek, yoqilg‘i bank kartalari vositasida naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Karta hisobvarag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘larni asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qaytarish to‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladi.
Yoqilg‘i karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvarag‘ini ochgan davlat tashkiloti zimmasida bo‘ladi va mazkur nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

07:46 / 13.05.2025
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?

17:34 / 06.05.2025
Voyaga yetmagan shaxslar bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

20:15 / 05.05.2025