Voyaga yetmagan shaxslar bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

Foto: Getty images
«Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi.
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan o‘zining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o‘rnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.
Ichki ishlar organlari mas’ul bo‘linmalari so‘roviga asosan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.
Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi bo‘yicha xulosa «Kiberxavfsizlik markazi» DUK tomonidan beriladi.
Shuningdk, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi.
Kiberjinoyatlarni fosh etish, ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish Markazning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Ali Xomanaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi
Jahon | 22:54
-
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi
Jahon | 22:20
-
Yangi Toshkent shahrigacha metro quriladi
O‘zbekiston | 22:17
-
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

07:46 / 13.05.2025
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?

20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

21:39 / 14.01.2025
Qozog‘iston xorijliklar uchun bank kartalarining amal qilish muddatini chekladi

22:02 / 10.01.2025