Yunusoboddagi fojia sababi aniqlandi
Hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlashdagi kamchiliklar va loyihadan chetga chiqilgani sabab bo‘lgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida 18 dekabr kuni sodir bo‘lgan baxsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi xulosasini e'lon qildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, baxsiz hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan.
«Maxsus tekshirish komissiyasi qurbonlarning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4ta oilaning har biriga 261 938 888 so‘mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 062 782 so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilandi.
Shuningdek, marhumlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etildi», – deyiladi vazirlik bildirishida.
- Yunusoboddagi fojiada halok bo‘lgan ishchilarning oilalariga 100 mln so‘mdan kompensatsiya ajratildi
Eslatib o‘tamiz, 6 kishining o‘limiga olib kelgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi. Hozircha jinoyat ishi tafsilotlari jamoatchilikka ma'lum emas.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025