O‘zbekiston | 09:28 / 17.01.2020
5903
4 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi tasdiqlanadi

Foto: Fotolia

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar takliflari, ichki va tashqi bozor talablari hamda hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari va suv bilan ta'minlanganlik darajasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar asos qilib olinadi.

Quyidagilar qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yo‘qotilishini va transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida xom-ashyolarni qabul qilish, qayta ishlash korxonalariga va tayyor mahsulotlarni qabul qilish punkt (iste'molchilarga yetkazib berish maydon)lariga yaqin hududlarga joylashtirish;

mahsulot birligi bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish;

qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun nisbatan qulay hududni tanlash va xarajatlarni baholash ishlarini o‘tkazish;

agrosanoat majmui tarmoqlarining o‘zaro munosabatlarini maqbullashtirish;

hududda kam rivojlanayotgan sohalarni kuchaytirish uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini, zaruriy infratuzilmalarni yoki savdo tashkilotlarini yaratish;

ichki va tashqi bozorlardagi talab va taklif nisbatini hisobga olish;

talab ko‘p bo‘lgan eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlarini yetishtirish;

qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar, eksportyorlar va qayta ishlovchi korxonalarning takliflari asosida ekinlarni joylashtirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga hududning iste'mol talabini qondirish;

qayta ishlash korxonalarining xom-ashyo resurslariga bo‘lgan talabini hisobga olish;

qishloq xo‘jaligining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini hisobga olish.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda quyidagi mezonlarga rioya etilishi ta'minlanishi kerak:

hududning tabiiy-iqlim sharoitlari: geografik joylashgan o‘rni, geomorfolik-litologik tuzilishi, gidrogeologik va iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati, qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘suv davrining davomiyligi, foydali harorat yig‘indisi, yog‘ingarchilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurg‘oqchilik davrining boshlanish ehtimoli, suv va shamol eroziyasining mavjudligi hamda xo‘jalik ixtisoslashuvi;

yer va suv resurslari bilan ta'minlanganligi: talab etiladigan hajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish)ni ta'minlaydigan haydalma yer maydonlarining mavjudligi va ularni suv bilan ta'minlanganlik darajasi;

suv tanqis hududlarda suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan ekinlarni joylashtirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining daromadliligi: ichki va tashqi bozorda mahsulotga bo‘lgan talab kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulotlarni sotish imkoniyatlari hisobga olish;

aniq hududlarda bir turdagi ekinlarni joylashtirish va alohida mahsulot turlarini yetishtirish (ixtisoslashtirish)ning samaradorligini baholash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda manfaatdor tomonlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlar bo‘yicha joylashtirilishini, konturlar bo‘yicha ekilishi, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklarga belgilangan tartibda yetkazib berilishini monitoringini tashkil etadi.

Mavzuga oid