Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandga yo‘l olmoqda

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo‘l olgan. Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs oldidan Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyev Tailandga yetib borishadi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg‘ona, Namangan kabi ko‘plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo‘qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘zbek futboli muxlislarining o‘ziga xos yangi to‘lqini, milliy sport g‘oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma'lumki, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida «Nasaf» (10) va «Bunyodkor» (5) klublarining o‘yinchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelishadi.
Ta'kidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o‘z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda» - deya yoziladi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida.
Ma'lumot uchun, Tribuna.uz muxbiri bugun Ro‘ziqul Berdiyev bilan suhbatlashganda, «Nasaf» klubi bosh murabbiyi ayni damda klubidagi ishi bilan band ekanligi, Tailandga borish haqida hech qanday taklif bo‘lmaganligini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

17:32 / 28.07.2023
«Ispaniyada aniq o‘ynab ketardi». Abramov Fayzullayev Rossiya chempionatiga o‘tayotgani haqida

00:21 / 21.04.2023
Ro‘ziqul Berdiyev va «Bunyodkor» sardori 5 o‘yinga chetlatildi, klublar, janjalga sababchi bo‘lgan o‘yinchilarga chora ko‘rildi – O‘FA

13:00 / 12.11.2022