Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining suvdan foydalanganlik uchun qarzi 410 mlrd so‘mdan ortiq. Yangi hisoblagichlar o‘rnatiladi
O‘zbekistonda suvdan foydalanganlik uchun aholi tomonidan qarzdorlik miqdori hamon yirikligicha qolmoqda. Bugungi kunda u 411 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi chog‘ida ma'lum qilindi.
«Suv uchun pul yig‘ish yana vazirlik tizimiga qaytarildi. Barcha viloyatlarda billing tizimlari yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda suv eng arzon bo‘lib turibdi. Uning narxi 310 so‘m. Bir kub suv Qirg‘izistonda 1045 so‘m, Qozog‘istonda 1235 so‘m, Tojikistonda 1710 so‘m, Ukrainada 4000, Rossiyada 6200 so‘mni tashkil etmoqda.

Iste'mol qilish borasida katta ko‘rsatkich saqlanib qolmoqda. Bizda bir sutkada kishi boshiga 330 litr suv sarflanadi. Qirg‘izistonda bu raqam 170 l, Ukrainada 160, Rossiyada ham 160 l atrofida suv sarflanmoqda. Aholi ham suv haqini to‘lashga sustkashlik qilmoqda, ham tejash borasida qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bu borada iste'molchilarga tushuntirish ishlarini olib borishni boshlayapmiz», - dedi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohir Haydarov.

Ta'kidlash o‘rinliki, vazirlik rahbari Muzaffar Soliyev, suv haqini to‘lamaslikning o‘ziga xos tomoniga ham e'tibor qaratdi. Uning fikricha, aholining suv haqini to‘lamasligi faqatgina ularga bog‘liq emas, aksincha aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat sifati ham bunda muhim o‘rin tutadi.
«Bu muammoga barham berish yo‘llaridan yana biri – zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatishdir. Orqaga aylantirib bo‘lmaydigan, har xil usullar yordamida foydalanilgan suv miqdorini kamaytirish imkonini yo‘qqa chiqaradigan hisoblagichlarni joriy qilamiz. Bu bo‘yicha bizning loyihalarimiz bor. U Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladi», - dedi vazirlik rahbari Soliyev.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
Mavzuga oid

19:47 / 15.08.2024
Ikkita mashina, uchta uy va naqd pullar – sobiq vazirning bir nechta mulki davlatga yetkazgan zararini qoplash uchun xatlangan

17:05 / 15.08.2024
Sobiq vazir 7 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi

14:57 / 10.04.2023
Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olingan

10:13 / 15.01.2021