Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olingan
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Soliyev uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lmish Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev shahar kengashining qarori bilan o‘tgan hafta lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtda uning o‘rniga vazifasini bajaruvchi qo‘yilgan. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz'ga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov tasdiqladi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, sobiq hokim ayni damda tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab uning uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimida ishlab kelgan davri bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Bosh prokuratura bu haqda ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Muzaffar Soliyev 2017 yil 5 iyuldan 2021 yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. U Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishdan keyin ishdan olingan edi.
2021 yil 15 yanvarda esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlagan.
Soliyev, shuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi
O‘zbekiston | 21:44
-
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi
O‘zbekiston | 21:35
-
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 21:30
Mavzuga oid

12:10 / 05.06.2025
Sifat hujjati bo‘lmagan dorilarni sotayotgan shaxslar ushlandi

19:47 / 15.08.2024
Ikkita mashina, uchta uy va naqd pullar – sobiq vazirning bir nechta mulki davlatga yetkazgan zararini qoplash uchun xatlangan

17:05 / 15.08.2024
Sobiq vazir 7 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi

09:15 / 11.10.2023