2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab bodikameralar amaliyotda ishlatiladi

Foto: IIV axborot xizmati
AOKAda Ichki ishlar vazirligi, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidagi islohotlar, prezidentning 2017 yilning 11 iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, prezidentning 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3127-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 1 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi belgilab berildi.
Nizom talablariga ko‘ra 2019 yil 1 iyuldan boshlab YPX xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqda yo‘l harakati ishtirokchisini ogohlantirishi belgilangan edi. Lekin mobil videokamerani olib kelish va joriy etish bo‘yicha ayrim texnik sabablarga ko‘ra ushbu muddat 2020 yil 1 yanvarga ko‘chirildi.
Bildirilishicha, mobil videokameradan (bodikamera) foydalangan holda xizmat olib borish, xodimning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda shaffoflikni ta'minlaydi hamda haydovchi va xodim o‘rtasidagi turli xildagi bahsli holatlar barham topadi.
Jumladan,
haydovchi va xodimning noqonuniy muloqotga kirishi hamda korrupsion holatlarining oldi olinadi;
xodimlar tomonidan harakat ishtirokchilariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari sodir etilishining oldini olish imkonini yaratadi;
shuningdek, harakat ishtirokchilari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa yoki xodimga nisbatan tajovuzkorlik qilinganda va haqoratli so‘zlar ishlatilganda, ularning aybini isbotlash uchun bodikameraga olingan video yozuvdan foydalaniladi;
jamoat joylaridagi vaziyatni, fuqarolarning harakatlari va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi;
xodimning xizmat faolitini real-vaqt(onlayn) rejimida nazorat qil imkonini beradi.
Ma'lum qilinishicha, bodikameralar 2020 yilning 1 yanvar kunidan boshlab amaliyotda ishlatiladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025