Yunusoboddagi avariya joyida halok bo‘lgan ikki kishining shaxsiga aniqlik kiritildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi.

Foto : KUN.UZ
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, vazirlik qurbonlarning shaxsiga aniqlik kiritgan.
Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
«Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqilgan va ularning shaxsi aniqlangan:
1. J.Ravshanov, 1989 yilda tug‘ilgan.
2. O.Abdullayev, 1989 yilda tug‘ilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda», deyiladi FVV xabarida.
Bundan avvalroq, Kun.uz manbasi Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 3 kishining jasadi topilgani haqida ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga bordi, attestatsiyadan o‘tkazib berish evaziga pul so‘ragan shaxs ushlandi. Yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha yopiladi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:43
-
Metrodagi profilaktika ishlarida qator kamchiliklar aniqlandi – Transport prokuraturasi
O‘zbekiston | 21:42
-
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas
Jahon | 21:21
-
Eronning «Basij» maxsus xizmati rahbari halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
Mavzuga oid

10:22 / 30.07.2024
Ko‘chalaridan ayrilayotgan Batista – Braziliyadagi shaharchani odamlar nega tark etyapti?

11:17 / 18.05.2021
Toshkent metrosi ish vaqti o‘zgarmoqda

23:32 / 29.04.2021
Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rgani uchun poyezdni to‘xtatgan

19:16 / 28.04.2021