Erdo‘g‘anning tahdididan so‘ng AQShning bir nechta harbiy samolyoti Injirlik aviabazasini tark etdi

Foto: Flickr / US Air Force
O‘tgan sutka ichida Turkiyadagi Injirlik aviabazasini AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli kamida beshta harbiy-transport samolyoti tark etdi. Bu haqda G‘arbdagi aviatsiya resurslari ma'lum qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Injirlik aviabazasidan uchta C-17A Globemaster og‘ir harbiy-transport samolyoti, bitta C-5M Galaxy harbiy-transport samolyoti hamda bitta C-40B transport samolyoti uchib ketgan.
15 dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda Vashington Rossiyaning S-400 tizimi sotib olingani uchun Turkiyaga nisbatan sanksiya joriy etadigan bo‘lsa, Anqara AQSh harbiylari uchun Injirlik va Kurejik harbiy bazalarini yopishga tayyorligini bildirgandi.
Dekabr boshlarida Turkiya tashqi ishlar vaziri mavlut Chovusho‘g‘lu ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid

19:08
AQSh senatorlari Trampning Tesla tadbiridagi ishtirokini tekshirishga chaqirmoqda

17:01
Kit Kellogg Kreml talabiga binoan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

15:20
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi

13:52