Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda

Foto: Dreamstime
14 dekabr kuni o‘zi ishini boshlagan Senatning 25-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma'qullandi.
Mazkur qonunga ko‘ra, soliq yukida bir qator yengilliklar hamda soliq nazoratida soddalashtirishlar kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, yangi qonunga asosan, soliq yukini kamaytirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini tadbirkorga to‘liqligicha qaytarish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ilgari tadbirkorlik sub'yektlari yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida to‘lgan bo‘lsa, endilikda bu 12 foizgacha kamaytiriladi.
“Ilgari tadbirkor daromad olish-olmasligidan qat'iy nazar qat'iy belgilangan soliqni to‘lab kelar edi. Endilikda, u o‘zining soliq rejimini mustaqil tanlay oladi. Ya'ni daromadiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, qat'iy soliqni to‘laydi. Yoki jismoniy shaxs sifatida topgan daromadini deklaratsiya qilib, undan 12 foizli jismoniy shaxslar solig‘ini to‘lashi mumkin bo‘ladi”, − deydi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.
Soliq qo‘mitasi raisiga ko‘ra, soliq turlari 13tadan 9taga kamaytirilishi, soliq nazorati turlari esa 13tadan 2taga qisqartirilishi belgilangan.
“Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tekshirishlar faqatgina tahlika − tahlil prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ya'ni soliqdan qochish ehtimoli bo‘lgan tashkilot va soliq to‘lovchilargina tekshiriladi. Yashil zonadagi soliq to‘lovchilar tekshirilmaydi. Sariq zonadagilar faqatgina kameral, distansion nazorat qilinadi. O‘z faoliyatini yashirayotgan, hisobot topshirmayotgan, tushumlarini berkitayotgan tashkilotlar − qizil zonada bo‘lganlargina nazorat qilinadi”, − deydi Behzod Musayev.
Musayevga ko‘ra, hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar 89 ming nafarni tashkil etib, “qizil zonadagilar” ming nafardan ortmaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
-
Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:05
Mavzuga oid

11:40 / 23.07.2025
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025