Vobkentdagi abgor ko‘prik tuzatilishi so‘ralganda u yerda harakat taqiqlab qo‘yildi xolos - foto
Tahririyatga Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi «O‘zbakon» mahallasida joylashgan Amu-Buxoro kanali ustidagi ko‘prikning abgor holati haqida murojaat kelib tushdi.
«Ushbu ko‘prik ikki tuman — Buxoro va Vobkent tumanlarini bog‘laydi: har kuni minglab odam o‘tadi. Maktab, kasalxona, deganday.
Lekin ko‘prikning ahvoli juda-juda xavfli. Qo‘rqadiganim — o‘zim shahar markazida ishlayman, ikki farzandim maktabga qatnash uchun kuniga kamida ikki bor shu ko‘prikdan o‘tadi. Xudo ko‘rsatmasin, agar... O‘ylashgayam qo‘rqasan kishi.
Ko‘prik ahvolini yaxshilash na rahbarlar, na hozirgi amaldagi deputatlar, na nomzodlarning xayolida bor. Vaholanki, kanal yilning kamida 250 kunida vajohat bilan to‘lib oqadi.
Aholi tomonidan mutasaddi rahbarlarning hammasiga murojaat qilingan. Yozishmalar ham bor.
Murojaatlardan so‘ng mutasaddi rahbarlarlar suratda tasvirlanganidek, ko‘prik oldini tuproq bilan to‘ldirib (hech kim o‘tmasin, degan ma'noda), harakatlanish taqiqlanishi to‘g‘risidagi yo‘l belgisini o‘rnatib ketishdi, xolos. Lekin baribir xalq o‘tadi. Chunki aylanib kelish uchun 5 kilometrga yaqin yo‘l bosish kerak.
Ko‘prikni tuzatish uchun hech qanday harakat yo‘q. Homiylik bilan qilamiz, desak ruxsat berishmaydi.
Chekka qishloqlar dardlari birovni qiziqtirmaydi, shekilli», — deb yozadi murojaatchi.
O‘zi yashayotgan maskan aholisini qiynab kelayotgan masala haqida ma'lum qilar ekan, murojaatchi deputatlar saylovi masalasiga ham to‘xtalgan: «Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini chekka qishloqlardagi aholi turmush tarzini o‘rganish, xalq orasiga kirib borish uchun har oyning 10-sanasida viloyatlardagi ahvolni o‘rganish uchun aniq topshiriqlar bergandi. Lekin 5 yil avval yo‘qolib ketgan deputatlar endi paydo bo‘lishyapti. Shunda ham faqat markazlardagi kollej va maktablardagi uchrashuvlarda.
Sizlarga jo‘natgan fotosuratlardagi holat mavjud qishloqlarga birov qadam qo‘ymaydi. Kimga ovoz berishniyam bilmaysan kishi».
Kun.uz tahririyati mavjud ahvolni Buxorodagi mutasaddi idoralar e'tiboriga havola etadi va ularning bu boradagi javobini kutib qoladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi

15:23 / 27.02.2024
Buxoroda 77 yoshli shifokor g‘ayriqonuniy tarzda ozodlikdan mahrum etildi. Bu hukmni chiqargan sudyaga chora ko‘riladimi?

16:15 / 26.07.2022
Buxoroda kollej direktori o‘rinbosari 200 dollar pora bilan ushlandi

16:38 / 03.01.2022