Buxoroda kollej direktori o‘rinbosari 200 dollar pora bilan ushlandi
Buxoro viloyatida pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari fuqarodan 200 dollar pora olganda ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Vobkent tumani pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari shu tumanda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.O. mazkur kollejning maktabgacha ta’lim fakulteti sirtqi yo‘nalishiga imtihonlarsiz o‘qishga kiritish evaziga pul so‘ragani aniqlangan. Firibgarlik yo‘li bilan tumanning Gajdumak mahallasi Oqgul qishlog‘ida joylashgan kafeda fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 200 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

20:13 / 04.07.2025
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

14:31 / 04.07.2025
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?

17:24 / 03.07.2025