«Rostov» moliyaviy muammo sabab Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkin
«Rostov» klubida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan, klub qishki transfer oynasi vaqtida bir qator futbolchilarni sotuvga qo‘yishi mumkin, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri.

«Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» jamoasi oktabr va noyabr oylaridagi o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Klubdagi moliyaviy muammolarga barham berilmayapti. Klubning futbolchilar oldidagi oylik maoshlar va mukofot pullari bo‘yicha qarzdorlik holati 3 oyga yetgan. Bu ham jamoaning natijalariga salbiy ta'sir o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Klub rahbariyati moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun homiylar va Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning vaziyatga aralashuvini kutmoqda. Ushbu masala yaqin orada bartaraf etilmasa, klub Dmitriy Chistyakov, Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeremenko, Aleksey Ionov va to‘purar Eldor Shomurodovni qishki transfer oynasida transferga qo‘yishi mumkin. Shuningdek, klub bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham jamoani tark etishi mumkin» - deyiladi nashrdagi maqolada.
Mavzuga oid

05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

20:35 / 01.03.2025
Eldor Shomurodov – ilk bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

23:40 / 26.02.2025