Jahon | 23:53 / 29.10.2019
9267
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev 30-31 oktyabrda Tojikiston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar qildi.

“Nikolay Patrushev 30 oktyabrda Dushanbeda va 31 oktyabrda Toshkentda xavfsizlik kengashi apparatlari liniyasi bo‘yicha Rossiya-Tojikiston va Rossiya-O‘zbekiston maslahatlashuvlarini o‘tkazadi”, deyilgan xabarda.

Patrushev o‘z hamkasblari bilan Afg‘oniston chegarasidagi masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik kengashi rahbarlari oxirgi marta ShHTning iyunda Bishkekda o‘tgan sammitida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda ikki tomon O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik kengashi apparatlari o‘rtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta'kidlab o‘tgan. 

Patrushev muntazam ravishda boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazib turadi. Oktabr o‘rtasida u Kuba va Braziliyaga, sentyabrda esa Yaponiyaga tashrif buyurgan. Patrushev oxirgi oylarda, shuningdek, Malayziya, Singapur, Armaniston, Ozarboyjon va Belarusga safar uyushtirgan.

Mavzuga oid