O‘zbekistonlik avtomexaniklar Yaponiyadagi xalqaro tanlovda qatnashadi

«I-1 Grand-Prix Isuzu» xalqaro texnika tanlovida uch mutaxassisdan iborat O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etadi.
14-marotaba o‘tkazilayotgan tanlov bu yil 30 oktabr kuni Yaponiyaning Fujisava shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik texniklar 7-marta qatnashadi.
Bu galgi musobaqada O‘zbekiston sharafini «SamAuto» MChJ mutaxassisi Alisher Hojiyev (jamoa sardori), «Imagine» MChJ dilerlik markazi avtomexaniklari Elmurod Mahmudov va Bahrom Toshpo‘latov himoya qiladi.
Tanlovga dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan yuzga yaqin avtoustalar taklif etilgan. Isuzu`ning global dilerlik tarmog‘i vakillari bo‘lgan bu mutaxassislar amaliy topshiriqlar orqali avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahorati, yozma testlarda esa avtomobilsozlikka oid bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Musobaqani O‘zbekistondan borgan jurnalistlar ham kuzatib boradi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston avtosanoati Yaponiyaning Isuzu Motors kompaniyasi bilan 2007 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Samarqand avtomobil zavodida Isuzu modelidagi avtobuslar, yuk va maxsus avtomobillarning o‘nga yaqin turlari ishlab chiqarilmoqda.
Mavzuga oid

10:58 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida maxsus yuk avtomobili yonib ketdi

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

18:20 / 05.04.2025
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi

15:47 / 24.12.2022