Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya valiahd shahzodasi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi uchun javobgar ekanini tan oldi

Foto : EPA/YURI KOCHETKOV
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon podshohlikning Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq voqea uchun javobgarlikni zimmasiga olishini tan oldi. Bu haqda AQSh jamoat radioeshittirish xizmati PBS (Public Broadcasting Service) saytida joylashtirilgan Frontline sikliga kiruvchi hujjatli film anonsida aytilgan.
Jurnalist Martin Smitning ushbu filmi 1 oktyabrda efirga uzatiladi.
“Bu men xizmatda bo‘lganimda (PBS variantida “mening navbatchiligimda” deb berilgan) yuz bergan. Men bu voqea uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmamga olaman”, deb aytgan Saudiya Arabistonida qiroldan keyin muhimlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallovchi shahzoda. Biroq u Qoshiqchi bilan yuz berayotgan voqealardan xabari bo‘lmaganini ta'kidlagan. Shahzodaning aytishicha, “podshohlikda 20 mln fuqaro va 3 mln davlat xizmatchisi bor” va ulardan har birining o‘z vazifasi bor va nima qilayotganini bilishning iloji yo‘q.
Shahzoda jurnalistni o‘ldirgan “qotillar jamoasi” Ar-Riyod va Istanbul o‘rtasida podshoh oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi aviaparkning xususiy biznes-jyetlarida harakatlangani haqidagi savolga javoban “amaldorlar, vazirlarning o‘z vazifasi, javobgarlik hududi borligini va ular podshohlik oilasi samolyotlaridan foydalanish huquqiga egaliklarini” aytgan.
Jurnalist Smitning shahzoda bilan suhbati 2018 yil dekabrida Ar-Riyod yaqinida o‘tgan elektromobillar poygasi vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Ar-Riyod siyosati haqidagi tanqidiy maqolalari bilan ma'lum bo‘lgan Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda Istanbuldagi konsullikka tashrifi vaqtida bedarak yo‘qolgan. 20 oktyabrda Saudiya Arabistoni rasmiy idoralari jurnalist konsullik binosida janjal vaqtida o‘ldirilganini ma'lum qilgan. Jahon hamjamiyati ushbu jinoyatni keskin qoralab, Ar-Riyodni ochiq-oydin tergov o‘tkazishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025