Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: DXX
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16 249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
U muqaddam “Telegram” messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSh dollari berishi kerak bo‘lgan.
“Zardeks” dori vositalari tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 818-son qaroriga muvofiq, “Pregabalin” moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.
Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakati olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

10:39 / 02.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketishi oqibatida bir kishi jarohat oldi

22:09 / 29.05.2025
“O‘lib qolaman deb o‘yladim” – Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lishdi

11:29 / 10.04.2025
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

10:10 / 19.01.2025