«O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi tashkil etildi

Foto: Shutterstock
2019 yil 23 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston eksportchilari» Uyushmasi tashkil etildi.
Uyushmaning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:
mahalliy eksportchilarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
respublikada eksport uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yagona elektron savdo platformasini yaratish;
chet el investorlarini jalb qilgan holda mamlakat eksport salohiyatini oshirish;
yagona ichki va tashqi bozor marketing tadqiqot ma'lumotlar bazasini yaratish;
ilg‘or eksport qiluvchi mamlakatlarning tajribasini mamlakat eksportini rivojlantirishga ilmiy yondashgan holda tatbiq qilish;
«O‘zbekiston eksportchilari» Uyushmasi boshqaruv raisligiga «Qandolatchilikni rivojlantirish» Uyushmasi Boshqaruv Raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Muxtor Mansurxo‘jayevich Umarov saylandi
Uyushma manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish ko‘chasi, 8-uy.
Mavzuga oid

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

13:52 / 14.02.2025
Kasaba uyushmalari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

13:36 / 14.02.2025