Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada hakam mast holatda o‘yinga hakamlik qildi (video)
Chexiyaning futbol bo‘yicha yoshlar chempionatidan o‘rin olgan “Beroun” va “Slani” klublari o‘rtasidagi o‘yinda kuchli mast holatda bo‘lgan yon hakam Milan Shefara “harakat qilgan”. Futbol Femidasiga xizmat qiluvchi hakam stadiondan chiqarilib yuborilmaguncha yon chiziq bo‘ylab harakat qilish vaqtida bir necha marta yiqilib tushgan.
Milan Shefaraga nisbatan Markaziy Bogemiya hududiy futbol uyushmasi tomonidan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarga ko‘ra, yon hakam shunchalik kuchli mast bo‘lganki, to‘g‘ri yura olmay, chayqaylib bir necha marta maysaga yiqilgan.
Utkání dorostu mezi Berounem a Slaným... pic.twitter.com/IOJnAXsFaZ
— Sportovní Hlášky (@SportovniHlasky) September 22, 2019
“Hakamning bunday harakatiga mutlaq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hakamlar qo‘mitasi SKFS nomidan uning musobaqalarda ishtirok etishini tasavvur qila olmayman. Bunday harakat uchun hech qanday oqlash yoki yumshatuvchi holat mavjud emas”, deb aytgan mahalliy hakamlar qo‘mitasi rahbari Pavel Maresh.
Ta'qidlanishicha, bu Chexiyada mast hakamlar bilan yuz berayotgan birinchi holat emas. 2016 yil mayida Marek Pilni va Irji Yyex milliy chempionat o‘yini oldidan spirtli ichimlik ichib, ulardan biri bosh hakamni masxara qila boshlagan, ikkinchisi esa shundoq maydonga hojatini chiqargan. Keyinroq bu hakamlar bo‘shatilib, jarimaga tortilgan va hakamlik litsenziyalari tortib olingan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
Mavzuga oid

11:15 / 21.07.2025
Chexiyada kommunizm targ‘iboti taqiqlandi

17:45 / 04.07.2025
Chexiyada blekaut yuz berdi

11:34 / 19.06.2025
Chexiya hukumati navbatdagi ishonchsizlik votumini yengib o‘tdi

12:30 / 23.05.2025