Jahon | 09:31 / 27.08.2019
13148
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya “Katta yettilik”ning yordamini rad etdi va Makronga Notr-Damdagi yong‘inni eslatib qo‘ydi

Braziliya “Katta yettilik” davlatlarining Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarni o‘chirishdagi yordamini rad etdi. Bu haqda Braziliya prezidenti ma'muriyati boshlig‘i Oniks Lorensoniga iqtibos keltirgan holda G1 portali xabar berdi. 

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “yettilik” Amazoniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun 20 mln yevro miqdorida shoshilinch yordam yuborishini aytgan. Kanada ham 15 mln dollar ajratishga va'da bergan.

Biroq Braziliya ushbu yordamni rad etdi.

“Rahmat, biroq ehtimol, bu resurslar Yevropadagi o‘rmonlarni tiklash uchun foydaliroq bo‘ladi. Makron jahon merosi obekti hisoblanuvchi cherkovdagi yaqqol yong‘inning oldini ololmaydi-yu, yana bizga mamlakatimizda nima qilish kerakligini o‘rgatadi. U o‘z uyida va fransuz mustamlakalarida qayg‘uradigan ko‘p narsa bor”, deb aytgan Lorensoni. 

Uning ta'kidlashicha, Braziliya istalgan davlatga o‘rmonlarni qanday saqlash kerakligini ko‘rsatib qo‘ya olishi mumkin. 

Amazoniya o‘rmonlaridagi kuchli yong‘inlar bir necha haftadan beri davom etmoqda. Ularning maydoni 2018 yilgi yong‘inlar maydonidan deyarli 2 marta ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Avvalroq Braziliya rahbariyati sayyoramizdagi kislorodning 20 foizi ishlab chiqariluvchi va “sayyora o‘pkasi” deb ataluvchi o‘rmonlardagi yong‘inlarni ataylab o‘chirmayotganlikda ayblangan.

Mavzuga oid