Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rashid Qodirov qachon korrupsion sxema haqida hikoya qiladi?

Foto: rferl.org
Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televideniye orqali qachon o‘z qilmishlari haqida chiqishiga doir ma'lumotni izohlay olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 mayida Andijon viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Qodirovning o‘zi televideniye orqali korrupsiya haqida, «yashirin sxemalar» va boshqalar haqida hikoya qilishini aytgan edi.
«Bu savolga javob bera olmayman», - dedi 30 iyulda bo‘lib o‘tgan brifingda Hayot Shamsuddinov.
O‘zbekiston Prezidenti Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Rashid Qodirov ishi haqida qisqacha hikoya qilgan edi.
«Mana, Rashid Qodirov guruhi bilan qamoqda o‘tiribdi. Million-million dollarlarni qaytaryapti. 2-3 oydan keyin uning o‘zi televideniye orqali barchani qanday poraxo‘r qilganini aytib beradi. Har bir tuman prokuroridan 30-40 ming AQSh dollari olgan. Hozir u barchasini qaytaryapti. Birgina o‘g‘li milliarder. Boshqa tashkilotlar rahbarlari ham, MXX (hozirgi DXX)ning 5 sobiq o‘rinbosarlari ham qamoqda. Ularning hammasi o‘g‘ri. Qanday bo‘lmasin, men hammasini joyiga qo‘yaman.
Ularning hammasi Boltiqbo‘yida uylar qurgan. Hatto Amir Temur bunaqa uylarda yashamagan. Bu kimning pullari – xalqniki. Shu boisdan ham prokuraturada 70 foiz xodim almashdi. Men hammani kechiraman, ammo o‘g‘ri va xoinlarni kechirmayman. Mana shuni xalqim bilishi kerak», - degan edi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Yunusobod tuman sudi binosida O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov va boshqalarga oid (jami 13 nafar shaxs) jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi e'lon qilindi.
Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasining bosh prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rashid Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashid Qodirovga JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirovni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qilgan.
Sudlanuvchilar aybli deb topilgan jinoyatlari oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida topshirilgan pul va xatlangan mol-mulklar hisobidan qoplanishi belgilandi.
Shuningdek, Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda katta lavozimlarda ishlagan Mirag‘lam Mirzayev, Jamshid Fayziyev, Ulug‘bek Sunnatov, Ramazon Po‘latov, Aziz Musashayxov, Ulug‘bek Xurramov, Yusuf G‘oipov, Abdurashid Mirzayev, Muhabbat Mirzayeva bir guruh bo‘lib pora olish, pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Jamiyat | 14:47
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
-
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?
Jamiyat | 14:34
-
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda
Jahon | 14:32
Mavzuga oid

15:01 / 16.05.2024
OCCRP: Rashid Qodirovning o‘g‘li Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulklarga egalik qiladi

15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida

14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura

19:51 / 17.11.2020