Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DSENM gepatit kasalligi haqida eslatma bilan chiqdi

Foto: Shutterstock
Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni nishonlanadi va har yili barcha tadbirlar maqsadli shiorlar ostida o‘tkaziladi.
Respublika DSENM matbuot xizmati xabariga ko‘ra, JSST 2019 yilda 2ta shior bilan chiqdi:
1. Siyosatchilar uchun
Gepatitning oldini olish uchun mablag‘larni investitsiyalashtiring
- Gepatitga qarshi kurashni qo‘llab quvvatlash uchun milliy va mintaqaviy darajadagi siyosatchilarni siyosiy va moliyaviy holatlarni kuchaytirishga chaqirish;
- 2030 yilgacha barqaror taraqqiyot Maqsadlari (BTM) va Sog‘liqni Saqlash Xizmatlarining Umumiy Qamrovi (SSXUQ)ga JSST tomonidan tayyorlangan gepatitni bartaraf etish uchun kerakli xarajatlarni yangicha baholanishiga e'tiborni jalb etish;
- Gepatitni oldini olish, tekshirtirish va davolash xizmatlaridan kengroq foydalanishni aholiga targ‘ib etish;
2. Keng jamoatchilik uchun:
Bilish. Oldini olish. Tekshirtirish. Davolash. Bartaraf etish.
Barcha tadbirlar ana shu shiorlar ostida o‘tkaziladi.
Darhaqiqat, virusli gepatitlar sog‘liqni saqlashdagi jiddiy muammolardan sanaladi. Chunki dunyo bo‘yicha 325 million kishi gepatit bilan kasallangan bo‘lib, ulardan 80% tekshirtirish va davolanish imkoniyatiga ega emas.
Gepatit virus keltirib chiqaradigan kasallik bo‘lib, nafaqat jigarni zararlaydi, balki butun organizmga zarba beradi. Virusli infeksiyalar juda tez tarqaladi va epidemiologik holatni yuzaga keltirishi mumkin.
Kasallikka qarshi samarali profilaktika choralari gigiyena qoidalariga rioya etish va emlash hisoblanadi.
Har yili 28 iyul kuni JSST tomonidan turli tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad gepatit kasalligi, uning turlari, yuqish yo‘llari, gigiyenaga rioya etish muhim ekanligi va kasallikni oldini olishda eng samarali vosita emlash ekanligini keng ommaga targ‘ib qilishdir.
2019 yil tadbirlar o‘tkazish uchun plakatlar:
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

16:43 / 01.06.2025
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi

22:48 / 03.12.2024