Jamoat tartibini saqlashda faol qatnashgan fuqarolar rag‘batlantiriladi

Foto: KUN.UZ
Mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, albatta, har bir sohaning istiqboliga, aholining farovon hayot kechirishiga xizmat qilmoqda. Biroq huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayoniga fuqarolarning yetarlicha jalb etilmasligi oqibatida ayrim jinoyatchiliklarning (o‘g‘rilik, firibgarlik, tan jarohati yetkazish, bezorilik) ko‘rsatkichlari hanuzgacha yuqori qolmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Sulaymonov.
Fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jamoat tartibini saqlash sohasida tizimli va bir martalik hamkorlik masalalarining tartibga solinmagani, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni huquqbuzarlik va jamoat tartibiga tahdidlarning faktlari haqida ogohlantirayotgan shaxslar haqidagi ma'lumotlarning sir saqlanishida kafolatlarning mavjud emasligi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan, ayni kunlarda parlament quyi palatasida jamoat tartibini saqlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan ko‘maklashish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda fuqarolarning ishtirokini ta'minlash maqsadida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki to‘g‘risida”gi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasida jamoat tartibini saqlashda fuqarolar ishtirokining ixtiyoriylik, qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va hurmat qilish, ichki ishlar organlari, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qilish masalalari belgilangan.
Shuningdek, jamoat tartibini saqlashda ishtirok etadigan fuqarolarning ichki ishlar organlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi boshqa organlar va muassasalarning mutlaq vakolatiga tegishli bo‘lgan protsessual hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishi, ichki ishlar organlarining vakolatlarini o‘zlashtirish, insonning qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish va jismoniy kuch ishlatish bilan bog‘liq qator cheklovlar ham nazarda tutilgan.
Qonun loyihasida fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtiroki masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari belgilangan. Ushbu organlar vakolatlarining alohida ajratilishi ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlashda ishtirok etadigan fuqarolarning faoliyati masalalari bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlashda ishtirok etadigan turli jamoat tuzilmalari (guruhlari) faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning reyestrini yuritadi. Mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlari ichki ishlar organlariga jamoat tartibini saqlashda ko‘maklashayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratish bilan bog‘liq mahalliy budjetlarni ko‘rib chiqadi va qabul qiladi.
Qonun loyihasida fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi boshqa organlar va muassasalarga ko‘maklashish, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishda ishtirok etish kabi normalar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, fuqarolar jamoat tartibini saqlashda jamoat tuzilmalari (guruhlari) faoliyatida ishtirok etishi mumkin, ularning faoliyati ichki ishlar organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazish chog‘ida havolaki normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritildi. Xususan, mazkur hujjatda jamoat tartibini saqlashda faol ishtirok etgan va muayyan natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirishning aniq mexanizmlari belgilandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

11:57 / 21.05.2025
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

13:08 / 27.01.2024
Tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari kengaytiriladi

15:12 / 25.02.2023
Poytaxtda 19 yoshli geymerga ma’muriy ish ochildi

10:17 / 12.11.2022