Ishoqjon Begmatov «Imom Termiziy» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

Foto: azon.uz
«Usmon ibn Maz'un» jome masjidida xizmat qilib kelayotgan Ishoqjon Begmatov Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Kun.uzʼga ma'lum qildi.
O‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mutaxassisligida faoliyat yuritib kelgan Isoqjon Begmatov avvalgi lavozimida 0,5 stavka saqlagan holda Yakkasaroy tumani «Usmon ibn Maz'un» jome masjidi imom-xatibligiga o‘tkazilgandi.
«Imom Termiziy» masjidida faoliyat yuritgan Rabbimqul Muhammadiyev avval xizmat qilgan «Rakat» jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Mavzuga oid

13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda

07:25 / 13.06.2024