Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?
Sobiq Rossiya imperiyasi poytaxtining qoq markazida qanday qilib ulkan musulmon masjidi qurilgan edi?

Foto: Kun.uz/Muhammadjon G‘aniyev
1900-yillarda Sankt-Peterburg shahrida 4 mingga yaqin musulmon yashagan va ular orasida markaziy osiyolik talabalar va savdogarlar ham bo‘lgan. Lekin jamoat ibodati uchun joy muammo edi. Shunda mahalliy musulmonlar masjid qurish harakatiga tushishadi.
Joy uchun ruxsat, xarajatlarga pul topishdan tashqari, qurilishga qarshi turadigan provaslav nasroniylarini ham tinchlantirish masalasi turardi. Masjid ko‘tarishga 500 ming rubl kerak edi. Musulmonlar esa 33 ming rubl to‘plashadi, xolos.
Shunda Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon (Said Olimxonning otasi) Peterburgga keladi va podsho Nikolay II bilan nonushta paytida undan ibodat uchun yer so‘raydi. Va Peterburg markazidagi joy uchun birdaniga 312 ming rubl to‘laydi. Qurilishga esa yana yarim million xayriya qiladi.
Atigi 20 yil musulmonlarga xizmat qilgan masjid binosi 1940-yillarda yopilib, uning minoralaridan biri qurol-aslaha omboriga aylantiriladi. O‘n yil o‘tib hokimiyat masjidni hatto butunlay buzib tashlamoqchi ham bo‘lgan. Ammo bunga musulmon tatarlar va buxorolik jamoalar qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Shundan keyin bino ibodat uchun yana qaytarilgan.
Bugun Sankt-Peterburg masjidi shaharning eng muhim madaniy yodgorliklaridan biriga aylangan. Uning yonidan o‘tgan borki, “kichik Samarqand” bilan suratga tushishga oshiqadi.
Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev Rossiyaga xizmat safari davomida Peterburgdagi masjiddan fotojamlanma tayyorladi. Binoni ichkaridan tasvirga olish mumkin emas, yelkangizdagi tugunni ham tashqarida qoldirasiz – faqat ibodat uchun kirish mumkin.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025