Kiotoda anime-studiyaga o‘t qo‘yilishi oqibatida o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS
Kiotodagi Kyoto Animation anime-studiyasida kuchli yong‘in yuz berdi. Politsiya studiyaga o‘t qo‘yilishi taxminini tekshirmoqda, o‘t qo‘yishda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida 12 kishi halok bo‘lgan va qariyb 40 kishi jarohatlangan.
Yong‘in ertalab mahalliy vaqt bilan 10 yarimlarda boshlangan. Bu vaqtda uch qavatli studiyada 70ga yaqin kishi ishlayotgan bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular paqillagan tovushni eshitishgan va tutun hidini sezishgan. Ayrimlarning aytishlaricha, ular bir erkakning "o‘linglar" deb qichqirgani va so‘ngra o‘t qo‘yganini ko‘rishgan.
Politsiya taxminiga ko‘ra, o‘t qo‘ygan shaxs studiya bo‘ylab benzin sepib chiqqan va unga o‘t qo‘ygan.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025