BMT: dunyo bo‘ylab bir yil ichida 50 ming ayol oiladagi zo‘ravonliklar qurboni bo‘lgan
2017 yilda dunyo bo‘ylab 50 ming ayol oiladagi (uy) zo‘ravonliklar qurbonlari bo‘lgan. Shu yil ichida qotillar qo‘lidan jami 87 mingdan ko‘proq ayol halok bo‘lgan. Bunday statistika BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Venada e'lon qilingan dokladida keltirilgan.
Hujjatda 2017 yilda qotilliklardan jami 464 ming kishi halok bo‘lgani, ulardan aksariyati 81 foiz erkaklar bo‘lgani ma'lum qilingan.
Hujjatda asosiy e'tibor oiladagi zo‘ravonliklarga qaratilgan. Doklad mualliflarining ma'lumotlariga ko‘ra, ayollarni odatda ular bilan birga yashaydigan yoki yashagan erkaklar o‘ldirgan. Bunday qotilliklarga asosan rashk va ajrashish tahdidi sabab bo‘lgan. Biroq ayollar otalari, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa yaqinlari tomonidan ham o‘ldiriladi.
Mualliflar bunday jinoyatlarni qit'alar bo‘yicha taqsimlab chiqishgan. Aniqlanishicha, ayollarga nisbatan yaqin kishilari tomonidan sodir etiladigan qotilliklarning aksariyati Osiyoda yuz beradi. Osiyoda 2017 yilda bunday qotilliklardan 20 mingta, Afrikada 19 mingta, Amerikada 8 mingta, Yevropada 3 mingta va Okeaniyada 300 ta qayd qilingan.
Bu ma'lumotlar aholi jon boshiga hisoblansa, unda ayollar uchun Afrikada vaziyat eng nomaqbul hisoblanadi, Yevropada esa ayollar o‘zlarini nisbatan xavfsiz his qilishlari mumkin ekan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

18:53 / 11.10.2024
BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi

10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi

16:50 / 24.06.2024