Kunduzgi signal chiroqlari bo‘yicha jarima miqdorida qanday o‘zgarish bo‘ladi?

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
128-moddaning (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) birinchi qismi “tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi” degan so‘zlardan keyin “(ushbu Kodeksning 128-7-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
quyidagi mazmundagi 128-7-modda bilan to‘ldiriladi:
“128-7-modda. Transport vositalari haydovchilarining kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi, –
eng kam ish haqining to‘rtdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Bundan oldin, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov o‘rnatilayotgan kunduzgi signal chiroqlarining sifatsizligi avtomobillarga zarar yetishiga sabab bo‘layotganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Mavzuga oid

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

12:14 / 30.04.2025
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

12:30 / 29.04.2025