Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Buxoro Arki maydonidagi ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirida 10 ming kishi qatnashdi
O‘zbekistonda 6 iyul – Olimpiya kuniga tayyorgarlik boshlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, respublikaning turli hududlarida bu kunga bag‘ishlangan ommaviy sport tadbirlari boshlab yuborildi. Jumladan, bugun Buxorodagi Ark qo‘rg‘onida Olimpiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, olimpiya harakatini rivojlantirish, olimpizmning ezgu g‘oyalarini ilgari surish maqsadida tashkil etilayotgan Buxorodagi tadbirda o‘n ming kishi ishtirok etdi.
Ark qo‘rg‘onida jam bo‘lgan qatnashchilar olimpizm timsolini ifodalovchi 5 xil rangdagi futbolkalarda Olimpiada halqasini shakllantirdilar. Tadbirda, shuningdek, xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilar ham ishtirok etishdi.
Sahnada sportning badiiy gimnastika, boks, taekvondo turlari bilan shug‘ullanadigan sportchilar ma'lum shakl asosida harakatlanishdi. Sahna atrofi va halqa uzra Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston bayroqlari joylashtirildi.
Ma'lumot uchun, bu yilgi Olimpiya kuni ilk marotaba butun O‘zbekiston bo‘ylab umummilliy xalq sayli tarzida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – aholining turli qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni shunday ezgu g‘oya ostida birlashtirish, ularni sportga jalb etishdir.
Xalqaro Olimpiya kunining asosiy tadbirlari 5-6 iyul sanasiga belgilangan bo‘lsa, Toshkentdagi bosh tantana 6 iyul kuni «Humo arena» muz saroyida katta gala-konsert tarzida o‘tkaziladi
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025