Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oiladagi kelishmovchiliklar sabab ota farzandidan voz kechdi

Foto: Depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Chunki farzand inson hayotining mazmuni, nasl-nasabi davomchisi, oilasini mustahkam bog‘lab turuvchi mehr-oqibat zanjiri hisoblanadi.
Afsuski, aynan shu muqaddas mas'uliyat oxirgi paytlarda ayrim yurtdoshlarimizga malol kelayotgandek tuyuladi. Chunki ba'zi kimsalar tomonidan nohaq gumon va shubhalar asosida o‘z farzandiga nisbatan e'tirozlar bildirish holatlari uchramoqda.
Da'vogar M. Salimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) S. Salimovadan tug‘ilgan A. Salimov ismli farzandi o‘zining bolasi emasligi yuzasidan e'tiroz bildirgan.
Aniqlanishicha, M. Salimov 2013 yil 14 mayda S. Salimova bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurgan. Birgalikdagi turmushlaridan 2015 yil 6 iyunda Akram Salimov ismli farzandlari tug‘ilgan. Ammo er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli ular arazlashib, birga yashamagan.
Da'vogar M. Salimov o‘zining da'vo arizasi va sudda bergan tushuntirishlarida hech qanday dalil va asosi bo‘lmasa-da, bola o‘zining farzandi emasligini ma'lum qilgan. Shu sababli birinchi instansiya sudi tomonidan da'vogarning vajlari asosida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi 2016 yil 18 avgustdagi xulosasini sudga taqdim qilgan. Unda da'vogar M. Salimov 2015 yil 6 iyunda tug‘ilgan A. Salimovning otasi ekani tasdiqlangan.
Ammo bunga qaramay, M. Salimov ushbu ekspertiza xulosasini ham shubha ostiga olgan. Bu xulosa asossiz va noqonuniy ravishda berilganini ma'lum qilib, sud qarori ustidan nazorat tartibida shikoyat berdi.
M. Salimovning talabi asosida Oliy sud tomonidan yana odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlandi. Shu tariqa 2019 yil 15 iyundagi ekspertiza xulosasida ham da'vogar M. Salimov 2015 yil 6 iyunda tug‘ilgan A. Salimovning otasi ekani takroran o‘z tasdig‘ini topdi.
Bu o‘z-o‘zidan M. Salimovning da'vosini qanoatlantirishga asoslar mavjud emasligini bildiradi. Shuning uchun Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'atining 2019 yil 19 iyundagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.
Albatta, bu o‘rinda gap sud qarorining o‘zgarishsiz qoldirilganida emas. Aksincha, hozirgi kunda hayotda asossiz gumonlar bilan hatto o‘z farzandidan voz kechishga urinayotgan kimsalar (ularni ota deb atashga ham til bormaydi) ham borligi kishini qattiq tashvishga soladi.
Akmal Murodov,
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi sudyas
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

12:46 / 18.02.2024
“Oila qurganimizni uydagilarimiz bilmasdi” – Grin karta uchun qalbaki to‘y qilgan 2 yosh hikoyasi

11:25 / 03.11.2022
Oila yoki karera: nega ayollar hamon azaliy dilemma ro‘parasida qolmoqda?

21:49 / 13.06.2020
O‘zbekistonda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni 13 mingdan ortiq ekanligi ma'lum qilindi

18:23 / 02.05.2020