Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi

Gruziyadagi aviakompaniyalarga Rossiyaga parvoz qilish taqiqlanadi, deb xabar berdi «Interfaks» o‘z manbalariga tayangan holda.
Mazkur taqiq vaqtinchlik bo‘lib, 8 iyuldan boshlab amal qila boshlaydi. U ham yo‘lovchi, ham tijoriy qatnovlar uchun bir xilda joriy qilinmoqda. Qaysi tomon bunday choraga qo‘l urayotgani agentlik materialida aniqlashtirilmagan.
Keyinroq mazkur axborotni Rossiya transport vazirligi ham tasdiqladi, deb yozmoqda TASS.
21 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 iyuldan boshlab Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlash haqida farmon imzolagan edi. Biroq bu chora Gruziyaning Rossiyaga parvozlar uyushtirib kelgan ikki aviakompaniyasi — Georgian Airways va MyWay Airlines’ga taalluqli emas edi.
Rossiya yetakchisi Gruziya poytaxti Tbilisida o‘tgan norozilik aksiyalariga javoban shunday qaror qabul qildi. Tbilisida 20 iyun kuni bir necha ming kishi mamlakat parlamenti binosini shturm bilan egallashga harakat qilgan. Bir necha soat o‘tib politsiya namoyish qatnashchilariga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llagan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar natijasida 240 odam jabrlangan, ularning 80 nafari politsiya xodimlaridir.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025