Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osakadagi G20 sammitiga 30 ming kishi tashrif buyuradi. Ularni 25 ming politsiyachi qo‘riqlaydi

Foto: AP Photo / Junji Kurokawa
Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Katta yigirmatalik” sammitiga 30 minggacha kishi, jumladan bir qator davlatlar yetakchilari, delegatsiyalari va jurnalistlari tashrif buyuradi. Ularning xavfsizligini 25 mingdan ko‘proq politsiyachi ta'minlaydi.
Bu haqda Osaka prefekturasi bosh politsiya boshqarmasi rahbari Takaxisa Isida ma'lum qildi.
E'tiborlisi, shuncha sondagi politsiyachi birgina davlat yetakchisi – AQSh prezidenti Donald Trampning may oyida Yaponiyaga tashrifi vaqtida xavfsizlikni ta'minlashga jalb qilingandi.
Shaharda sammit o‘tkazilishi munosabati bilan transport uchun jiddiy cheklovlar kiritiladi, yirik temir yo‘l stansiyalarida saqlash kameralaridan foydalanish taqiqlanadi. Osaka markaziy vokzali va sammit o‘tkaziladigan hududdagi ko‘chalardan barcha chiqindi baklari olib tashlanadi.
May oxiridan Osakadagi do‘konlar, maktab va bolalar bog‘chalari darvozalarida sammit munosabati bilan cheklovlar kiritilishi haqidagi e'lonlar joylashtirilgan. Ko‘plab do‘konlar esa “Katta yigirmatalik” yetakchilari uchrashuvi vaqtida umuman ishlamaslikka qaror qilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva

19:47 / 17.08.2021
Koronavirus keng va tez tarqalishida badavlat davlatlar aybdormidi?

20:10 / 26.03.2020
G20 sammiti tarixda birinchi marta virtual tarzda o‘tkazilmoqda

21:04 / 29.06.2019