Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV jarimalar davlat g‘aznasini qoplash uchun o‘ylab topilayotganini rad etdi

Erali Bozorov / Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IIV rahbariyati va mas'ul mutasaddilari ishtirokida OAV xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlar kunduzi chiroq yoqib harakatlanish oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqayotgani haqidagi xabarlar qanchalik asosli ekanini so‘radi.
“Biz bunday holatlarni Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘rganamiz, – dedi IIV Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov. – Kunduzi chiroq yoqib yurilishi tufayli avtomobillar yonib ketgani haqida bizda birorta holat qayd etilmagan. Bu haqda bizga Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan rasmiy ma'lumot berilgan. Menimcha, transport vositasida kelib chiqqan yong‘in sabablarini uning chiroqlariga bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi”.
Xususiy telekanallardan birining muxbiri quyidagicha savol berdi:
“Kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanmaganlarga jarima tayinlandi, – dedi jurnalist. – Umuman, belgilangan tartibga amal qilmaganlik uchun jazo choralari kundan-kunga qat'iylashib bormayaptimi? Bunday jarimalar davlat g‘aznasini qoplash uchun o‘ylab topilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda gap-so‘zlar ko‘paymoqda, fuqarolar noroziligi avj olmoqda. IIV tizimida aholi bilan muloqot, murojaat va arzlar bilan ishlash qanday yo‘lga qo‘yilgan? Kelib tushayotgan shikoyatlar asosan qaysi mavzuda?”
Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari murojaatlar monitoringi olib borilishi, biroq hozir yonida ularning soni va tasniflanishi bo‘yicha aniq statistik ma'lumotlar yo‘qligini bildirdi.
“Shikoyatlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan kamaygan, – dedi Erali Bozorov. – Buning sababi tizimda kadrlar bilimini oshirishga qaratilayotgan e'tiborda, deb o‘ylayman. Chunki malakasiz va bilimsiz kadrlar tufayli sohadagi muammolar vaqtida yechilmay qolaveradi, bu esa shikoyatlarni keltirib chiqaradi. Jarimalar nega joriy qilinadi? Pul topish uchun emas! Maqsad bitta – haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish”.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 08:45
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

11:17 / 18.06.2025