Qoraqalpog‘istonda Tojikiston fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtomashinasi yonib ketdi
2019 yil 20 may kuni 23:35larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida harakatlanib ketayotgan 56 yoshli Tojikiston Respublikasi fuqarosi S.S. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasining tirkamasida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasining tirkamasi va unga yuklangan maishiy texnikalar to‘liq yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025