«Real» muxlislarining atigi 9 foizi Beylni qo‘llashi ma'lum bo‘ldi

Foto: REUTERS
Ispaniyada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra «Real» futbolchilari muxlislar o‘rtasida qanchalik qo‘llab-quvvatlovga egaligi aniqlandi.
Muxlislar orasidagi nufuziga ko‘ra birinchi o‘rinni Dani Karvaxal egallagan - so‘rov ishtirokchilarining 92 foizi u haqida yaxshi fikrda ekani ma'lum bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni Vinisius Junior egallagan - 89 foiz ijobiy munosabat. Uchlikni jamoa sardori Serxio Ramos 84 foizlik ko‘rsatkich bilan yakunlab bergan.
2018 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Luka Modrich 63 foiz kishining qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan.
Bu boradagi autsayderlardan biri Garet Beyldir - uni muxlislarning atigi 9 foizi qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘lgan.
Bundan oldinroq AS nashri ushbu uelslik futbolchi bosh murabbiy Zinedin Zidan rejalariga kirmagan bo‘lsa-da, hech qayerga ketmoqchi emasligi haqida xabar tarqatgandi.
Bu mavsumda Beyl «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfer qiymati esa 70 million yevro atrofida.
Avvalroq, «Real» Beylni ijaraga berib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Uning xizmatiga «Manchester Yunayted» va «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi

01:58 / 02.06.2024