Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi

Ispaniya chempionatining oxirgi turida Madridning «Real» klubi Sevilyaning «Betis» klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinda hisob 61-daqiqada Lorenso Moron tomonidan ochildi, unga Andreas Guardado assistentlik qildi. 75-daqiqada madridliklar klubi tarbiyalanuvchisi Xese Rodriges o‘zining sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Uni bu vaziyatda Ektor Firpo golli pas bilan ta'minladi.
Shu tariqa, Zidan jamoasi mavsumni qatorasiga ikki mag‘lubiyat bilan yakunlaydigan bo‘ldi. Qolaversa, bu madridliklar uchun so‘nggi 4 o‘yindagi uchinchi mag‘lubiyatdir - jamoa aprel oyi oxirida «Rayo Valekano»ga safarda yutqazdi (0:1), keyin «Vilyarreal»ni o‘z uyida qiyinchilik bilan yengdi (3:2), o‘tgan turda esa «Real Sosedad»ga safarda mag‘lub bo‘ldi (1:3). Umuman, Zidan kelganidan keyin o‘tkazilgan 11 o‘yinda jamoa faqat 5 marta g‘alaba qozondi, 4 o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 2 bor durang o‘ynadi.
«Qirollik klubi» joriy mavsumdagi 38 o‘yinda jami 12 bor mag‘lub bo‘ldi. Klub bundan yomonroq natijani 45 yil muqaddam qayd etgan: 1973/74 yilgi mavsumda «Real» 34 o‘yindan 13tasida yutqazgan va mavsumni sakkizinchi o‘rinda yakunlagan.
«Betis» bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 50taga yetkazdi va Ispaniya chempionatini 11-o‘rinda yakunladi. «Real» 68 ochko bilan uchinchi bo‘ldi — madridliklar keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
«Real» bu mavsumda jiddiy sovrin qo‘lga kirita olmadi. Mavsum boshida Yevropa Superkubogi uchun bahsda «Atletiko»ga yutqazdi (2:4), Yevropa Chempionlar ligasini 1/8 finaldayoq «Ayaks»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lib tark etdi (2:1, 1:4), Ispaniya Kubogidagi kurashni esa 1/2 finalda to‘xtatdi - «Barselona» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra madridliklardan ustun keldi (1:1, 0:3). «Real»ning bu mavsumdagi yagona sovrini — klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi bo‘ldi.
Ispaniya chempionati
38- tur
Real Madrid – Betis 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 61 Moron, 0:2 – 75 Xese.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Varan, Karvaxal, Valverde (Isko, 69), Lorente, Braim Dias (Asensio, 60), Modrich, Vinisius Junior, Benzema (Vaskes, 76).
Betis – Lopes, Bartra, Mandi, Feddal, Firpo, Gerrero, Kaptum (Xese, 68), Vilyam Karvalyu (Sidney, 90), Guardado, Lo Chelso, Moron (Telo, 74).
Ogohlantirishlar: Kaptum (30), Lorente (37), Valverde (49), Karvaxal (58), Isko (85).
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:40
-
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi
Jahon | 07:26
-
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:11
-
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
Jahon | 07:09
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi

11:26 / 06.07.2025
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

11:59 / 27.06.2025