Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda jinoiy guruh tuzib, jabrlanuvchini o‘zi uchun qabr kovlashga majbur qilganlarga hukm o‘qildi

2018 yilning oktabr oyida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida jinoiy guruh tuzishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olingan va tergovgacha surishtiruv ishlari boshlangandi.
Joriy yilning 29 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudida Madaminov B. raisligida ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga qonuniy hukm chiqarildi.
Sudda aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchilar N.I., N.T. va X.A. moddiy naf ko‘rish maqsadida 2018 yil 1 sentabr kuni jinoiy til biriktirib, jinoiy reja tuzib, jinoiy rejaga ko‘ra, N.I. A.E.ni chaqirtirib, N.T. bilan uchrashtirish, N.T. va X.A. esa A.E.ga turli vajlarni bahona qilib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul olishni maqsad qilib olgan, ma'lum qo‘rqitishlar bilan haq talab qilmoqchi bo‘lgan. N.T. X.A.ni urib, X.A.ni ham jabrlangan shaxs sifatida ko‘rsatib, Jarqo‘rg‘on tumani, «Uzumzor» mahallasi hududidagi adirlikka olib borib, N.T. A.E. va X.A.ni avtomashinadan tushirib olib, ikkalasini urib, ularni qo‘rqitib, A.E.ning ruhiy holatiga ta'sir o‘tkazish uchun X.A.ning qo‘lini bog‘lab qo‘yib, A.E.ning qo‘liga esa belkurakni berib, yerni qabr shaklida kovlashni buyurgan. 50 million so‘m bersa, unga teginmasligi va qo‘yib yuborishini, agarda talab qilingan pulni bermasa, o‘ldirib shu qazilgan chuqurlikka ko‘mib ketishini, oila-a'zolarini ham o‘ldirib yuborishlarini aytishgan.
N.I., N.T. va X.A. o‘z aybiga qisman iqrorlik bildirib, dastlabki tergovda tazyiqlar bo‘lgani, tan jarohatlari yetkazilgani, advokat ishtirokida so‘roq qilinishmaganini aytib o‘tishgan. Biroq sud bu vajlarga tanqidiy baho berib, sudni chalg‘itish maqsadida keltirilgan deb baholagan. Chunki, ularning sodir etgan qilmishlari uchun ayblari maqbul va ishonchli deb topilgan dalillar mavjud bo‘lgan.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, sudlanuvchi N.I.ga Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi («bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa») bilan aybdor deb topildi va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi T. N. Jinoyat kodeksining 165-moddasi («tovlamachilik») 2-qismi «v» bandi («bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa»), 112-moddasi («O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish»), 138-moddasi («Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish») bilan aybdor deb topildi va 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi A. X.ga ham Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi, 112-moddasi, 138-moddalari bilan aybli deb topildi va 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi A. S.ga ham Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflar tegishli muddat ichida o‘z shikoyatlarini berish tartibi tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

19:02 / 31.10.2024