Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmon va Putin Rossiyadagi tojik migrantlari uchun yengillik berish hamda harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi

Moskva va Dushanbe Rossiyada ishlash uchun Tojikistondan mehnat migrantlarini tashkiliy ravishda jo‘natish bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ma'lum qildi.
"So‘nggi yillarda mehnat migratsiyasi masalasini hal qilish yo‘lida sezilarli ildamladik. Tashrif davomida bu sohada muhim hujjatlar, xususan, Rossiyada ishlash uchun Tojikistondan mehnat migrantlarini tashkiliy ravishda jo‘natish bo‘yicha kelishuv imzolanadi", - dedi Rahmon Moskvada davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Tojikiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, "e'tibor talab qilinadigan" mavzular bor.
"Ular – yashash uchun hisobga qo‘yish va mehnat patenti olish jarayonlarini soddalashtirish, mehnat migrantlari oila a'zolarining huquqiy maqomini aniqlash kabilardir ", - dedi Rahmon.
U shuningdek, Dushanbe tojikistonlik mehnat migrantlari uchun migratsiya amnistiyasining navbatdagi bosqichi o‘tkazilishiga umid qilayotganini bildirdi.
Ertaga, 17 aprel kuni Rahmon Putin bilan respublika mudofaa salohiyatini mustahkamlash va tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Rahmonning qayd etishicha, Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bois harbiy va harbiy-texnik hamkorlik alohida dolzarblik kasb etmoqda.
"Mudofaa salohiyatimizni mustahkamlash borasida rossiyalik sheriklarimizning kelgusidagi qo‘llab-quvvatlashlariga tayanamiz. Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish, harbiy-texnik infrastrukturani kuchaytirish, tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash dasturini yanada faollashtirishni ko‘zlamoqdamiz. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu hamda hamkorlik va mudofaa sohasidagi boshqa masalalar haqida gaplashamiz", dedi Tojikiston prezidenti.
Emomali Rahmon 16 aprel kuni Moskvaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Kreml matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 17 aprel kuni Rossiya va Tojikiston prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

12:55 / 18.07.2025
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

15:27 / 15.07.2025
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

12:35 / 15.07.2025