Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Rog‘un GES bo‘yicha Jahon bankidan yordam so‘radi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston Rog‘un GES qurilishini oxiriga yetkazish uchun Jahon bankidan xorijiy investitsiyalar jalb qilishda yordam ko‘rsatishni so‘radi. Tojikiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev Jahon banki katta iqtisodchisi Goar Guluman va ushbu xalqaro moliya institutining Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Piter Olters bilan uchrashuvda shu haqda gapirgan.

Milliy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, Goar Guluman 1 - 10 aprel kunlari Tojikistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan.
Nuraliyevning uchrashuvda ta'kidlashicha, Rog‘un GES muhim mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lib, «mintaqadagi mamlakatlarning arzon elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkoniyatiga» bog‘liq. U Rog‘un GES qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasida Jahon banki vakillariga murojaat qilgan.
Tojikiston hozirga qadar Rog‘un GESni asosan o‘z mablag‘lari hisobiga qurgan. Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilda ushbu maqsadlar uchun budjetdan 2 milliard 100 million somoniy (222 million AQSh dollari) ajratiladi. O‘tgan yili 4,7 milliard somoniy gidro elektr stansiyani qurishga ketdi, ulardan 3,4 milliardi - budjet mablag‘lari, qolgan qismi esa 2018 yilga Tojikistonga ajratilgan yevrobotlardan olindi.
Bundan oldin, Rog‘un GES ikkinchi turbinasini ishga tushirish kechiktirilgani xabar qilingandi.
«Aziya Plyus»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi Rog‘un GES ikkinchi gidroagregati 2019 yil aprel oyida, rejalashtirilgan sanada ishga tushirilmasligini ma'lum qilgan.
Rog‘un GES ikkinchi turbinasini ishga tushirish muddati kechiktirilganini «Axbor» saytining Energetika vazirligi va «Barki tojik» kompaniyasidagi manbalari ham tasdiqlagan. Ushbu yangilik Tojikistonning aksar hududlarida aholi hamda korxonalarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda cheklovlar joriy etilganiga bir oy bo‘lgani fonida tarqaldi. Qayd etilishicha, bu limit Rog‘un GES qurilishida yuzaga kelgan muammolar bilan bog‘liq. Rasmiylar bu mish-mishlarni hali izohlamadi.
2018 yil noyabr oyi o‘rtalarigacha Rog‘un GES to‘g‘oni balandligi 75 metrdan oshdi. Suv omboridagi suv miqdori 214 million kubometrni tashkil etdi. Ko‘tarma qurilishining davomi joriy yil aprel oyida boshlanishi kutilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Jahon | 19:14
-
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Jahon | 19:12
-
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV
Jahon | 19:03
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

16:09 / 15.04.2025