Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda «gollar yomg‘iri» va qizil kartochkalar. Superligada ilk penta-trik qayd etildi

O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida Olmaliqning OKMK klubi Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» klubini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu o‘yinda 7:1 hisobida ustun kelishdi.
O‘yinda hisob 10-daqiqadayoq ochildi, mezbonlar hujumchisi Zafar Polvonov Jasur Hasanovning pasidan keyin o‘tkir burchakdan kuchli va aniq zarba berdi - 1:0.
O‘yinning 27-daqiqasida mehmonlar a'zosi Iqbol Malikjonov ikkinchi sariq kartochkani oldi va jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirib maydonni tark etdi.
32-daqiqada esa burchak zarbasi amalga oshirilib, raqib jarima maydonchasida to‘g‘ri joy tanlay olgan Dilshod Jo‘rayev mezbonlarning ustunligini oshirdi, bu golga ham Jasur Hasanov hammualliflik qildi. 35-daqiqada esa Zafar Polvonov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib, birinchi bo‘limdayoq hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0.
Ikkinchi bo‘limni esa qo‘qonliklar faollik bilan boshlashdi va 55-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev penalti ishladi, mehmonlar jamoasining «shtatdagi penaltichi»si Murod Xolmuhammedov xotirjamlik bilan to‘pni darvoza to‘riga joyladi - 3:1.
71-daqiqada esa mehmonlarning yana bir vakili Oybek Rustamov qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
O‘yinning qolgan qismida mezbonlar mehmonlar darvozasiga yana 4ta gol yo‘llashdi, Dilshod Jo‘rayev 74-daqiqada penaltidan ikkinchi golini urdi, Zafar Polvonov esa 76, 79 va 90-daqiqalarda aniq harakat qilib, penta-trikni rasmiylashtirdi - 7:1. Unga ikki golda Zohir Pirimov yana bir golda San'at Shixov assistentlik qildi.
Shu tariqa, Qosimov shogirdlari mavsumdagi birinchi g‘alabasini o‘ta yirik hisobda nishonladi.
Bu olmaliqlar jamoasi 2016 yildan beri birinchi marta «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etishi bo‘ldi. Jamoalar bungacha O‘zbekiston chempionati doirasida o‘zaro 10 marta duch kelishgan, shundan 5tasida OGMK, 3tasida «Qo‘qon-1912» g‘alabaga erishgan, yana ikki o‘yin durang bilan yakunlangandi.
Qolaversa, bu o‘yin OKMK uchun mavsumdagi ilk g‘alabadir, bungacha jamoa bir durang («Buxoro»ga qarshi 0:0) va bir mag‘lubiyat («Qizilqum»ga qarshi 1:3) qayd etgandi.
Yirik hisobdagi g‘alabadan keyin OKMK ochkolari sonini 4taga yetkazib, turnir jadvalida 13-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi, «Qo‘qon-1912» esa 2 ochkosi bilan 11-o‘rinda joylashgan.
Olmaliqlar hujumchisi Zafar Polvonov esa bir urinishda turnir to‘purarlari peshqadami bo‘lib oldi. U 3ta gol bilan peshqadam bo‘lib turgan Dragan Cheranni («Paxtakor») quvib o‘tgan.
CA ma'lumotiga ko‘ra, Zafar Polvonov keyingi 12 yilda O‘zbekiston chempionatida bir o‘yinda beshta gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. 2006 yilgi mavsumda uch futbolchi penta-trik qayd etgan: «Neftchi» hujumchisi Nosirbek Otaqo‘ziyev, «Dinamo» vakili Hamdam Rahmonov va «Navbahor» legioneri Orif Mirzoyev.
Superliga, 3-tur
OKMK — QO‘QON-1912 7:1
Gollar: 10, 37, 75, 79, 90 - Zafar Polvonov, 32, 72 - Dilshod Jo‘rayev - 56, Murod Xolmuhammedov.
OKMK: Akbar To‘rayev, Akmal Shorahmedov, Dilshod Jo‘rayev, Boburbek Yuldashov, Saydulla Rahmatov, Mirolyub Kostich (Sherzod Fayziyev, 76), Mirjamol Qosimov, Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov (San'at Shixov, 80) Zafar Polvonov.
«Qo‘qon-1912»: Boyan Knejyevich, Muhammadanas Hasanov (Avazxon Mamatxo‘jayev), Quvondiq Ro‘ziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Milosh Nikolich, 46), Iqbol Malikjonov, Timur Usmonov (Shaxboz Erkinov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.
Ogohlantirish: Iqbol Malikjonov (20)
Chetlatishlar: Iqbol Malikjonov (27), Oybek Rustamov (74)
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

17:28 / 18.02.2025