Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vulverhempton» «MYu»ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining 1/4 finalida «Vulverhempton»ga qarshi o‘ynadi. «Molina» stadionida kechgan o‘yin maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Vulverhempton» o‘yinning 70-daqiqasida hisobni ochdi. Raul Ximenes raqib jarima maydonida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, raqib himoyachilarining sarosimaligidan foydalangan holda uni darvoza burchagiga joylashtirdi.
So "The Wolves from Catalonia" be dealing with the Red half of Manchester. It is well Wolves 2 Man u 0#FACup #WOLMUN pic.twitter.com/gfXikUeI7e
— Abayomi Agbomire (@abayomiagbomire) 16 marta 2019 g.
76-daqiqada Diogu Jota Lyuk Shouning qo‘pol xatosidan keyin mezbonlarning ustunligini oshirdi.
Name's Jota
— Mohit Sahay (@SahaySaab) 16 marta 2019 g.
Went through the United's defence with
Shaw on his buttery best#WOLMUN #EmiratesFACup pic.twitter.com/gOVitd0eC2
Qo‘shimcha daqiqalarda Markus Rashford bitta javob goli urdi.
O‘yinning oxirgi qismini «Manchester Yunayted» bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishi mumkin edi. O‘yin hakami Viktor Lindelyofga dastlab qizil kartochka ko‘rsatgandi, ammo videotakrordan keyin qarorini o‘zgartirdi.
«Vulverhempton» Angliya Kubogining 1/2 finaliga chiqdi. Ole-Gunnar Sulsher boshchiligida qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «Manchester Yunayted» turnirni tark etdi. APLning o‘tgan turida manchesterliklar «Arsenal»ga mag‘lub bo‘lib (0:2), 12 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatgandi.
Qayd etish kerakki, «MYu» turnirning avvalgi bosqichlarida «Arsenal» va «Chelsi»ni safar o‘yinlarida mag‘lub etib, bu jamoalarni turnirdan chiqarib yuborgandi.
Angliya Kubogi
1/4 final
Vulverhempton – Manchester Yunayted 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Ximenes, 2:0 – 76 Diogu Jota, 2:1 – 90 Reshford.
Vulverhempton – Raddi, Boli, Kastro, Doerti, Koudi, Moutinyu, Saiss, Diogu Jota (Traore, 87), Dendonker, Ruben Nevesh, Ximenes (Elder Koshta, 90).
Manchester Yunayted – Romero, Lindelyof, Shou, Diogu Dalot, Smolling, Pogba, Matich (Mata, 86), Lingard (Maktomini, 86), Errera (Pereyra, 71), Marsiyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Boli (41), Ruben Nevesh (43), Matich (45), Reshford (52), Errera (62), Lindelef (84), Koudi (86), Diogu Dalot (90).
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi

18:52 / 01.05.2025