Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq kodeksida yangi mexanizmni nazarda tutish taklif etilmoqda

Qarz tan olinsa - sudsiz undirib olinadi. Soliq kodeksida ana shunday mexanizmni nazarda tutish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilinyapti, deb yozadi Norma.
Ayni paytda undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish soliq organlarining da'vo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 65-moddasi). Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlarining qarori asosida, ya'ni suddan tashqari tartibda undirish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritishni taklif etmoqda.
Buning uchun quyidagi shartlarni bajarish majburiy sanaladi:
• soliq to‘lovchi soliq qarzini yozma ravishda tan olishi, uni ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida taqdim etish mumkin;
• soliq to‘lovchi undiruv uning mol-mulkiga qaratilishi haqida ogohlantirilishi.
Qarorni soliq organining rahbari imzolaydi, u gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Hujjatning nusxasi u chiqarilgan kundan boshlab 2 ish kunidan oshmagan muddatda soliq to‘lovchiga tilxat olgan holda taqdim etilishi yoki pochta orqali (taqdim etilganligi haqida bildirishnoma berilgan buyurtma xat bilan) yo‘llanishi kerak bo‘ladi.
Qaror taqdim etilgandan keyin 10 kun o‘tgach kuchga kiradi, shundan so‘ng 3 ish kuni ichida davlat ijrochisiga majburiy ijro etish uchun yuboriladi. Bunda ham ERI qo‘yilgan elektron hujjatni rasmiylashtirishga va idoralararo hamkorlik axborot tizimlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Qarorga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:
• soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma nusxasi, talabnoma soliq to‘lovchiga taqdim etilganligi (yo‘llangani) dalili ilova qilingan holda;
• soliq to‘lovchining soliq qarzi summasini tan olish to‘g‘risidagi xati nusxasi;
• soliq to‘lovchiga qaror nusxasi taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Eslatib o‘tamiz, undiruvni soliq to‘lovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq qarzining eng kam miqdorlari belgilangan:
• Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati zimmasiga yuklangan yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari – 4 054 600 so‘m;
• jismoniy shaxslar – 1 013 700 so‘m.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi

10:20 / 15.05.2025
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

12:12 / 24.01.2025