Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi
Senatorlar soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan va ortiqcha undirilgan summalardan nafaqat xuddi shu soliq, balki boshqa soliqlar bo‘yicha ham foydalanish imkonini beruvchi qonunni ma’qulladi. Soliq organiga topshirilgan yozma yoki elektron arizani ko‘rib chiqish muddati ham 15 ish kunidan 3 ish kunigacha qisqartiriladi. Elektron soliq hujjatlarini biometrik identifikatsiyadan foydalangan holda – yuz (Face-ID) yoki barmoq izi orqali tasdiqlash imkoni ham paydo bo‘ladi.

Senatning bugun, 28 may kungi yalpi majlisida “Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib ma’qullandi. Unda bir qator o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi budjetdan qaytarilar yoki faqat ushbu soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olinishi mumkin edi.
Kiritilayotgan o‘zgartirishga asosan endi ortiqcha to‘langan soliq summalarini nafaqat xuddi shu soliq, balki boshqa soliqlar bo‘yicha ham kelgusidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Soliq to‘lovchining qarzi bo‘lmagan taqdirda, u soliq organiga yozma yoki elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin, hisob-kitoblar uch ish kuni (hozirda 15) ichida amalga oshiriladi.
Shuningdek, elektron soliq hujjatlarini biometrik identifikatsiyadan foydalangan holda – yuz (Face-ID) yoki barmoq izi orqali tasdiqlash imkoni ham paydo bo‘ladi. Hozirda bu elektron raqamli imzo (ERI) yordamida amalga oshiriladi.
ERI kaliti sertifikatini berish uchun tadbirkorlik sub’yektlaridan bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Bu esa o‘z navbatida soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishdagi sarf-xarajatlarining oshishiga sabab bo‘lyapti.
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolar yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgandi. Qonunchilikdagi normalarni muvofiqlashtirish maqsadida ushbu toifadagi fuqarolar daromad solig‘idan ham ozod etilishi belgilanyapti.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi
Jahon | 18:09
-
Ukraina Qrim ko‘prigi ustunlarini minalashtirganini aytmoqda
Jahon | 17:59
-
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi
O‘zbekiston | 17:58
Mavzuga oid

11:02
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

08:40 / 30.05.2025
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi

11:34 / 26.05.2025
Masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi

10:41 / 26.05.2025