O‘zbekiston | 15:08 / 07.03.2019
14638
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 9ta hududida qo‘ziqorin yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

Foto: gryadkimoi.ru

​Rossiyaning eng katta qo‘ziqorin ishlab chiqaruvchisi—«Yug Rusi»​ agrosanoat korxonasi O‘zbekistonda qo‘ziqorin yetishtirishda foydali ma'lumot, ilmiy-texnikaviy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

6 mart kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin ishtirokida qishloq xo‘jaligida hamkorlik masalalari bo‘yicha tuzilgan qo‘shma ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishida bir qator masalalar muhokama etilgan. ​

«O‘zbekiston tomoni tajriba-sinov tariqasida mamlakatning 9ta hududida qo‘ziqorin yetishtirish uchun yer-maydon ajratishni taklif qildi»,​ — deyiladi vazirlik axborotida.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar kuzgi va bahorgi qo‘ziqorin navlarini tajriba-sinov tariqasida yetishtirishga kelishib olgan​. Natijaga qarab, kelgusi yil uchun yer-maydon ham tanlanadi. 

«Yug Rusi»​ 1992 yilda, dastlab, un mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxona sifatida faoliyatini boshlagan. Ayni paytda korxona pista yog‘i ishlab chiqarishda ham katta tajribaga ega.

Mavzuga oid