Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Isuzu»dagi shakar selitra bo‘lib chiqdi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
“Qarshi-G‘uzor” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan og‘irligi 10,2 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “Chiroqchi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro G‘.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 7,5 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.
Shuningdek, fuqaro E.A boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini belgilangan tartibda tekshirish jarayonida ushbu shaxs 50 kilogrammli qoplarda shakar olib ketayotganligini ma'lum qildi. Ammo uning bu hiylasi naf bermadi.
Bojxonachilar umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik 7,5 tonna “sulfat ammoniya” mineral o‘g‘itlarini ashyoviy dalil sifatida olishdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida umumiy og‘irligi 40 tonnadan ziyod mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
-
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi
Jahon | 21:32
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025