Toshkentda gaz to‘ldirilgan sharlar yorilib ketishi natijasida uch kishi kuyish jarohatini oldi
2019 yil 15 fevral kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi K.M. o‘zining “Captiva” rusumli avtomashinasida Yashnobod tumani “Shahriobod-Maxtumquli” ko‘chalari chorrahasida to‘xtab turgan.
Shu vaqtda avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, haydovchining tanishi I.P. sigareta chekish maqsadida zajigalka yoqqan vaqtida avtomashina salonida bo‘lgan, ichiga gaz to‘ldirilgan 40 dona sharlar yorilib ketgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada K.M., I.P. va avtomashinadagi yana bir yo‘lovchi F.Yu. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025