Afrika Kubogi taqvimi Ramazon oyi tufayli o‘zgartirildi

Foto: Getty Images
2019 yilgi Afrika Millatlari Kubogining boshlanish sanasi bir haftaga kechiktirildi.
AFP xabariga ko‘ra, musobaqa 13 iyun - 15 iyul kunlari emas, balki 21 iyun - 19 iyul kunlari o‘tkaziladi. Shimoliy Afrikaning bir qancha mamlakatlari Ramazon oyidan so‘ng, futbolchilarga qisqa tanaffus so‘ragani bois, shunday qaror qabul qilindi. 2019 yilda ro‘za oyi 5 mayda kirib kelib, 4 iyungacha davom etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Afrika Millatlari Kubogi Misrda o‘tkaziladi. Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 12 aprel kuni Qohirada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu turnirda tarixda ilk marotaba 24ta terma jamoa ishtirok etadi.
Mavzuga oid

20:24 / 31.01.2025
Qozog‘istonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi

20:15 / 08.04.2024
Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

18:37 / 01.04.2024
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi

12:44 / 14.03.2024