Foto: Prezident Sirdaryo viloyatiga poyezdda yo‘l oldi
Safar asnosida davlat rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 14 mart kuni Sirdaryo viloyatiga yo‘l oldi.
Safar asnosida davlatimiz rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z bordi.
Ma’lumki, 11 mart kuni butun islom ummati qatori yurtimiz musulmonlari ham bu qutlug‘ oyni xursandchilik bilan kutib oldilar. Ro‘zadorlar mamlakatimizdagi tinchlik va farovonlik sharofatidan ibodatlarini emin-erkin ado etmoqda, buning uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytmoqda. Masjidlarda Qur’oni karim xatm etilib, xalqimizga osoyishtalik, fayzu baraka tilab duolar qilinmoqda.
Muftiy bu ulug‘ ayyomda sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bo‘lishini, yurtdoshlarimiz buni his qilib, savob amallarni ko‘p qilayotganini aytdi.
Prezidentimiz bu oyni yuksak darajada o‘tkazish, yurtimizdagi tinchlikni qadrlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Inson qadrini ulug‘lash maqsadiga muvofiq, xalqimiz manfaatlarini ta’minlash, muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishini aytdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali qishloq aholisi turmushini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi. Yoshlarni bilim-ma’rifatli va vatanparvar etib tarbiyalash, ularni o‘qishga, mehnatsevarlikka undashning ahamiyati haqida suhbatlashildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025